<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>40 yoshda sherlar</p>
</title>
<section><p>Qirq yosh ham keldiyu qo‘limdan tutdi,</p>
<p>Borman na ertakda, na afsonada.</p>
<p>Qirq yilning naq yarmi yo‘llarda o‘tdi,</p>
<p>Yarmi esa o‘tdi bemorxonada.</p>
<p>Shu mo‘’jaz uyimda yonsin deb chiroq,</p>
<p>Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi.</p>
<p>Birin aka dedim, birini o‘rtoq,</p>
<p>Ba’zan nom chiqardim: davron maddohi!</p>
<p>Kim alam chekmabdi umrida bir bor .</p>
<p>U meni anglamas, anglamas aslo!</p>
<p>Kim haqqa tashnadir, kim mehrga zor,</p>
<p>Men unga umrimni etgumdir fido.</p>
<p>Ming bora roziman ona yurtimdan,</p>
<p>Ko‘rdi u erkalik chog‘larimni ham.</p>
<p>Kimdir tosh otsa ham goho ortimdan,</p>
<p>Qoshimda bosh egdi kelib so‘nggi dam.</p>
<p>Qirq yillik umrimning eng avj pallasi</p>
<p>Kelajak kunlarga munglig‘ qarayman.</p>
<p>Ukajon, navbating yetdi chamasi,</p>
<p>Endi men saflarga qanday yarayman?!</p>
<p>Bir vaqtlar jo‘r bo‘lib o‘tli yoshlikka</p>
<p>Yurardim hech so‘nmas tilagim bilan.</p>
<p>Bugun-chi, dardlashib turibman yakka</p>
<p>Shu majruh, shu xasta yuragim bilan.</p>
<p>Afrosiyob kabi vayrondir dilim,</p>
<p>Cho‘ng larza yuz berdi unda nogahon.</p>
<p>Oh, faqat ko‘milib ketmasin yo‘lim,</p>
<p>Faqat o‘tib tursin ko‘chamdan zamon!</p>
</section>
</body>
</FictionBook>