<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Ko'pchili qizlardi mehribon di...</p>
</title>
<section><p>Omalekin shu hikoyani chiqarmasez hafa bo'laman (hamroh)Hudoni Izlagan Bola...</p>
<p>Masjid darvozasidan maktab</p>
<p>kiyimida chamasi olti, yetti</p>
<p>yoshlardagi bolakay kirib kelib,</p>
<p>so’l tomondagi o’tirg’ichda</p>
<p>suhbatlashib o’tirgan</p>
<p>nuroniylarga salom berdi:</p>
<p>"Assalom-u alaykum.” Qariyalar</p>
<p>hayron bo’lishib: "Vaalaykum</p>
<p>assalom, katta yigit bo’ling, keling</p>
<p>bolam, kimni izlab keldiz?</p>
<p>Bolakay: "Hudoni….” Nomozxon</p>
<p>chollar hayrat aralash bir-</p>
<p>birlariga qarab, jim qolishdi.</p>
<p>Bolakay davom etdi: "Qayerda</p>
<p>o’tiribdilar? Iltimosim bor edi….”</p>
<p>Qariyalar orasidan bir odam turib,</p>
<p>bolakayning oldiga kelib,</p>
<p>cho’kkaladi-da: "O’g’lim kim sizga</p>
<p>bu haqida aytib berdi? Kimning</p>
<p>o’g’lisiz?” Bolakay biyron tili</p>
<p>bilan so’zladi: "Ahmad domlaning,</p>
<p>buvim aytgandilar, bu yer</p>
<p>Hudoning uyi ekan, kecha yana</p>
<p>aytdilar, u kishi har</p>
<p>diyonatli bandasining tilagini</p>
<p>bajararkan. Men ham u kishining</p>
<p>bandasi ekanman, hali gunoh ish</p>
<p>qilmagan ekanman, yaxshi bola</p>
<p>bo’lganim uchun men ham</p>
<p>diyonatli ekanman, u kishidan</p>
<p>so’raydigan juda muhim</p>
<p>iltimosim bor….” Amaki</p>
<p>o’ylanib qoldi, Ahmad domla, kim</p>
<p>ekan u, hali jajji bo’lsa ham,</p>
<p>yaxshi tarbiya olibdi bolasi. Keyin,</p>
<p>bolakayga yuzlanib: "Yuring, hozir</p>
<p>birga tahorat olamiz, keyin</p>
<p>Hudodan iltimosingizni</p>
<p>so’raymiz.” Bolakay ho’p</p>
<p>degandek boshini qimirlatdi, va</p>
<p>amakining ketidan ergashib,</p>
<p>xuddi bir narsaga ulgurmay</p>
<p>qolayotgandek shoshib- shoshib</p>
<p>yuz qo’llarini yuvdi.Keyin</p>
<p>masjid ichkarisiga kirib, peshin</p>
<p>nomoziga tayyorlanishdi. Amaki</p>
<p>unga: "O’glim, hozir hamma</p>
<p>duoga qo’l ochganda siz ham qo’l</p>
<p>ochib Hudodan iltimosingizni</p>
<p>so’rang.” Bolakay yana ho’p</p>
<p>degandek boshini qimirlatib,</p>
<p>qator- qator odamlar orasidan</p>
<p>Hudo kim ekan deb izladi. Nomoz</p>
<p>so’ngida hamma duoga qo’l</p>
<p>ochib duo qilishni boshladi.</p>
<p>Bolakay ham qo’llarini</p>
<p>qovushtirib: "Buvim aytdilar, meni</p>
<p>yoshimdagilar farishta bo’larkan,</p>
<p>nima so’rasam berarkansiz,</p>
<p>o’zimga kerakmas, dadamlarga</p>
<p>yordam bering, oyimni asrab qola</p>
<p>olmayotgan ekanlar. Aytishlaricha,</p>
<p>oyimni faqatgina sizning</p>
<p>yordamingiz qutqarar ekan.</p>
<p>Mashinachalarimni, mayli, rasmli</p>
<p>kitoblarimni ham oling, faqat</p>
<p>bittagina oyimni olmang, koptok</p>
<p>olaman deb ohirgi qordan beri</p>
<p>yig’ayotgan pulim bor, uniyam</p>
<p>beraman….Singlimni bog’chadan</p>
<p>olib uyga qaytishim kerak, uniyam, meniyam oyimlarni</p>
<p>oldilariga kiritishmayapti,</p>
<p>sog’indik, ayniqsa singlim,</p>
<p>kechasi ‘oyi’ deb yig’lab chiqadi,</p>
<p>menku kattaman, o’gil bolaman,</p>
<p>chidayman. Hech bo’lmasa oyim</p>
<p>singlim bilan qolsin. Iltimos….</p>
<p>Omin, Olloh-u Akbar” – dedi-</p>
<p>da yugurib ko’chaga chiqib ketdi.</p>
<p>Amaki, bolakayning gaplaridan</p>
<p>ta’sirlanibmi, yoki bugun</p>
<p>peshindan keyin</p>
<p>chiqarilishi kerak bo’lgan</p>
<p>matematika o’qituvchisi</p>
<p>Ahmadning xotini vafotini</p>
<p>eslabmi ko’zidan yosh sizdi…!</p>
<p></p>
<p>Qimmatli vahtizi ayame o'qiganiz uchun oldindan rahmat.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>