<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Bahorim...</p>
</title>
<section><p>O`sha vaqtda qor shundayin guvvillab yog`ardi, xuddi hozirgidek, elakdan o`tayotgan unga o`shxab ketardi. Mayda va tumanday quyuq. Salgina esayotgan shamol ham qor parchakarini beytartib to`zg`atardi...</p>
<p></p>
<p>Issiqqina do`kon ichkarisidan, qahva ho`plab deraza oynasiga ko`z tikib turardim. Qahvani ichib bo`lgach, qo`llarini ko`ksimga quvushtirib oldim. Ich-ichimdan, kimnidur nigohini sezganday bo`ldim. Balki shunday tuyulgandir, lekin diqqatini kassada o`tirgan qiz tortdi. Biroq u ham o`z dunyosida o`z hayollari og`ushida edi. Undan bir muddat nigohini uzmadim. Negadur yana homush tortib qolgan... </p>
<p>Yaqindagina abed vaqtida, u bilan dardlashib, suhbatlashib, kulishib bir chiroyli o`tirgan edig-a! Hatto istamaygina suxbatga yakun yasab o`rnimizdan turib, o`z ishlarimizga shung`ub ketdik...</p>
<p></p>
<p>Ikki yildan buyon shu do`konda birgamiz. Men uchun eng qadrli insonlardan biriga aylanib bo`lgan. Ammo oramizda sevga muhabbatga o`rin yo`q... Sababi ikkimiz ham, muhabbat ko`chalarida adashganlardanmiz desam bo`laveradi. Lekin sevgi bilan butkul xayrlasha olmaganmiz haligacha. Balki shuning uchun ham bir-birimizni yaxshi tushunsak kerak!</p>
<p></p>
<p>- Shu sovuqda kim ham harid uchun kirardi... -dedim oramizdagi skunatni buzush uchun, o`zimga o`zmi gapirgan bo`ldim.</p>
<p>- Birnima dedingizmi? -dedi boshini ko`tarib. </p>
<p>- Bu yil qish juda qattiq bo`lyabdi deyman! </p>
<p>- Ha shuni ayting... -u ham og`irgina hursundi va deraza tomonga qarab qo`ydi. </p>
<p></p>
<p>Ikki kundirki qor tufayli, do`konda haridorlar qadami uzulganidan, qiladigan ishimiz eshikka termulib o`tirish bo`lib qolgan. Bizdan boshqa hodimlar esa, allaqachon shuni fahimlab uyiga ketib bo`lgan. Faqat biz holos, uydan qochganlar o`yladim o`zimcha... </p>
<p>U ham o`tirib zerikkanidan tez-tez deraza oldiga kelib ketardi. Yana odatdagidek o`rnidan turdi, kiyimini tartibga keltirdi. Asta do`konni ko`zdan kechirgan, manekenlarga kiydirilgan liboslarni u-yer bu yerini tuzatgan bo`ldi. So`ng deraza tomonga yurdi. Uning harakatlaridan bir lahza ham nigohlarimni uzmasdim. U esa chuqur o`yga cho`mgan kuyi, oppoq qorga tikilgancha turib qoldi. Uning beyjirim ko`zoynagi ostidan ko`zyoshlari o`rmalay boshladi... </p>
<p>``Bechora qiz, boshida ney hayolar ekan-a!`` o`yladim. </p>
<p>``Nima bo`ldi senga?``deya so`rasam bo`ladi. Lekin bilaman, u har qanday vaziyatda ham dilini o`rtayotgan o`y-fikrlarni yashiradi. Nigohlarim bilan taqib qilayotganimni payqadi shekili, bildirmaygina yoshlarini artib oldi. Keyin o`z joyiga qaytib o`ltirdi. Bir nimani yo`qotganday, stol ustini titkilab, qidira boshladi...</p>
<p></p>
<p>- Gulbahorrr... -o`rnidan turib unga yaqinroq bordim. - Nimani yo`qotding? </p>
<p>- Qalam... Hozir yozayotgan edim! </p>
<p>Qattiq, hayajonlanib ketganidanmi biladim peshonasi tagida turgan qalamni ko`rmayabdi. Jilmaydim, asol ustidan kulmadim shunchaki... </p>
<p>Qalamga ishora qildim. </p>
<p>- Mana bu emasmi? </p>
<p>- Vooy shu yerda ekan...</p>
<p>Bir vaqtda qalamga qo`l uzatgan ekanmiz, bey ehtiyor bir-birimizni barmoqlarimizni ushlab oldik. Ishga kelganimizda, albatta qo`l berib salomlashar edik. Demoqchiman-ki uning qo`llarini har kuni ushlaganman. Lekin negadur usha damda o`zimni boshqacha his qildim. Nigohlarimni undan uza olmasdim. U ham menga tikilib turardi. Qalblarimizda bohor havosidek yoqimlik iliqlik paydo bo`lgandi. Bu iliqlikning tafti, uning yuzlarida namoyon bo`la boshladi. Balki bu, yuraklar tan olishni istamayotgan muhabbatdur... Biroq o`sha damda men umuman boshqa narsa haqida o`ylardim.</p>
<p></p>
<p>- Ko`zlaring...</p>
<p>- Nima? - u ko`z oynagini olib, kipriklarini pirpiratdi. </p>
<p>- Ko`zlaring namuncha mayus? Yuzing kulsa ham ko`zing kulmaydi!...</p>
<p>U qimtinib yutundi va ko`zlarini olib qochdi. </p>
<p>- Qahva tayorlab beraymi Anvar Odilivich...</p>
<p>- Yaxshi bo`lardi, Gulbahor Hamidova Beknazar qizi...</p>
<p>Hodimamni rasmiy murojati, g`ashimga tegdi. Ahir uni o`zimga yaqin olgandim holos. </p>
<p>Joyimga qaytib borib o`tirdim. Balki biroz haddimdan oshgandurman! o`zimni koyigan bo`ldim. U ham tushundi chog`i, ranjitib qo`yganini. Bilaman u aslida buni istamagan edi, shunchaki shaxsiy masalada gaplashgisi kelmadi...</p>
<p></p>
<p>Ko`nglnimni ko`tarishni istadimi! Qahvaga qo`shib, bir likopchada pecheyni olib kelib qo`ydi. Tepamga kelib huddi hizmatkorday boshini egib:</p>
<p>- Yana boshqa narsa kerak emasmi? - so`radi muloyim ohangda. </p>
<p>Men qattiqqo`l, boshlig`-u, u ma`suma hizatkorday. To`g`ri hodimlarga qattiqqo`llik qilaman, uning ma`sumligi ham rost. Aynan shu ma`sumligi uchun ham, u rag`batga munosib. Lekin unga qanga qilib, qay bo`l bilan yaxshilik qilishim mumkun? </p>
<p>Yechimini darov topdim. Ahir men uning boshlig`iman nima uchun bu vakolatimdan foydalanlasligim kerak!</p>
<p></p>
<p>- O`zinga qani qahva? -so`radim. </p>
<p>- Hozir o`zimgaham tayorlayman...</p>
<p>- Yo`q shoshma, kel o`tir...</p>
<p>Uning bilagidan ushlab, yonimdagi stulga o`ltirishini so`radim. </p>
<p>- Mana buni olaqol, - hali qo`l uzatmagan chashkani u tomonga surdim. </p>
<p>- Qahvani ichib ol. </p>
<p></p>
<p>Unga ko`z qirimni bir tashlab oldim, salg`ina horg`in.</p>
<p>- Bugun ertaroq ketishing mumkun, ertaga ham, mayli bir hafta kelmasang ham mayliga...</p>
<p>Endigina lablariga teygan, qahva idishini stol ustiga qaytarib qo`ydi. </p>
<p>- Nima uchun? </p>
<p>- Nima uchun!... Erta kelib kech qaytasan, bayramlar, dam olish kunlari... Tinim bilmaysan, ish sendan oldin o`tganlardan ham qolgan, sendan ham qoladi... Yaxshilab damingni ol, charchog`ingni chiqar. O`rningda o`zim ishlab turaman...</p>
<p>- Shuni istayotgan bo`lsayz... -dedi. </p>
<p>Bu iltifotimdan u qadar xursand bo`lmadi chog`i. </p>
<p>- Jumagul, Maftuna, Dilafruz opa. Ular dam olish kunidan boshqa, so`rabham oladi. Seni o`ylab, dam olvol desam qovog` uyishingni qara... Juda o`zgacha qizsanda Gulbahor! -deb koyigan bo`ldim.</p>
<p></p>
<p>U indamay kiyinish xonasiga kirib ketdi. Saldan keyin kiyinib qaytib chiqdi. </p>
<p>- Anvar Odil.... Anvar aka men ketdim...</p>
<p>- Ho`p yaxshi bor Gulbahor... </p>
<p>U eshik oldiga kelib to`xtadi. </p>
<p></p>
<p>Unga ko`proq qayg`urdim chog`i, dilimdagi tilimga chiqib ketdi. </p>
<p>- Qancha kutsang ham beyfoyda, u kelmaydi! -dedim.</p>
<p>U bir muddat, tikilib turdi: </p>
<p>- O`zizchi? Siz ham kutyabsiz-ku? </p>
<p></p>
<p>Huddi yomg`irli kunda, ko`chaga haydalgan mushukchadek eshikdan chiqib ketdi...</p>
<p></p>
<p>Bir nima demoqchidey, o`rnimdan bir qo`zg`adimu qaytib joyimga o`tirdim. Dilimni alam kemirayotganday o`zimni yomon his qildim...</p>
<p>Shuvirimni Maxliyoni hayoli chumrab oldi. Yana o`sha shunarsiz, og`riqli hislarni tuydim. </p>
<p>Bundan uch yil avval bir qo`ng`iroq bo`lgandi. Bir necha yil sevishib yurgan, sevgilimdan yomon xabar eshitdim. </p>
<p>- ``Anvar aka erta to`yim!`` </p>
<p>- ``Haziling qo`pol!``</p>
<p>- ``Dadamni xoxishi shu, meni kechring qarg`ish olgim kelmayabdi... Aka-singil bo`lib qolaylik!`` -deya yig`lab aytgan so`zlari yuragimni tirnab tashladi...</p>
<p></p>
<p>Bilmadim, balki o`shanda a`qilsizlik qilgandurman. Eslasam o`zimdan uyalib ketaman. Uning to`yini buzgani to`yxonaga bordim. Qarorim qattiy edi, hatto qanday qilib to`yni to`xtatish yo`llarini o`ylab ham qo`ygandim. Biroq oppoq libosdagi Mahliyoning chehrasi hecham dadasi majburlab uzatayotgan qizga o`xshamasdi. Tushunganim shu bo`ldi, men Mahliyo uchun shunchaki harajatlari uchun ishlatiladigan jonli hamyon bo`lgan ekanman...</p>
<p></p>
<p>Alam qilgani shu-ki, men uni yaxshi ko`rib qolgandim. Bevafo uchun, jasorat ko`rsatish xato deya ortimga qaytdim. To`yxonadan chiqar ekanman, o`z dardim o`zimga yetarli bo`lib turgan bir paytda skamekada o`tirib yig`layotgan qiz e`tiborimni tortdi. Yoniga bordim: </p>
<p>- Nima bo`ldi singlim? Birorkim hafa qildimi? </p>
<p>O`rnidan turib bir necha sonya, to`yxona tomonga tikilb qoldi. </p>
<p>- Niga yig`layabsiz yaxshi qiz? </p>
<p>Savolim javobsiz qoldi. </p>
<p>Nari ketar ekan: </p>
<p>- Shilqim! -deb shivirlab qo`ydi...</p>
<p></p>
<p>* * * * *</p>
<p></p>
<p>Amakimning uchta do`konlari bor. Ulardan birini boshqaruvini menga topshirgan edilar. Do`kon tashvishlari bilan yurgan kezlarim, bir qiz ish so`rab kelibdi. Amakim uni farrosh qilib ishga olibdilar...</p>
<p></p>
<p>Hamma yerni tozalab, supirib yurgan farrosh qizni darrov tanidim, ammo u meni tanimadi. To yonimga chaqirib o`sha voqeani esiga solmagunimcha...</p>
<p></p>
<p>Avvaliga boshliq bo`lganim uchngina momila qilgandim. Keyinchalik bildim-ki, ikkimizni taqdirlarimiz o`xshash ekan. O`sha vaqtda, meni Mahliyoni bevafoligi ranjitgan bo`lsa. Gulbahorni yoqtirgan yigiti, yani Mahliyoni yonidagi kuyovbola Akram, ko`nglini cho`ktirgan ekan...</p>
<p></p>
<p>Bularni hammasini bilganimdan keyin, Gulbahorga iliqroq munosabatda bo`la boshladim. Mehnat sevarligi sabab, ko`p o`tmay ishdan bo`shagan kassadagi ayol o`rnini egalladi...</p>
<p></p>
<p>Ikki yil davomida, juda ko`p suhbat qurdik. Nazarimda bu dunyoda meni tushina oladigan, birorta qiz bo`lsa u ham Gulbahor edi. U o`tiradigan, stulga qaradim. A`qlim tan olishni istamasada, lekin uni bir hafta ko`rmasligimdan. Unga ruhsat berib yuborganim uchun ich-ichimdan afsuslanardim...</p>
<p></p>
<p>Birdan ko`zim stol ustidagi ko`z oynakka tushdi. Unitib qoldiribdi, balki hali uzoqqa ketmagandur! Tezda o`rnimdan turib ko`z oynakni oldim. Eshik tomonga yurgandim, eshik ochilib u kirib keldi. Avval stol ustiga, so`ng meni qo`limdaga ko`zoynagiga qaradi. </p>
<p>- Ko`zoynagim esimdan chiqib qolibdi! </p>
<p>Qo`limdagi ko`zoynakni orqamga berkitdim. U esa hayratlanib ko`zimga qaradi. </p>
<p>Tushundim shu damda hammasini tushundim. Bizni taqdirni o`zi uchrashtirgan. Sharta quchoqlab oldim. </p>
<p></p>
<p>- Anvar aka bu nima qilganiz? </p>
<p>Uni qattiqrnq quchdim. </p>
<p>- Anvar aka qo`yvoring! -ovozi biroz pastladi. </p>
<p>Uning sochlari, yuzimni qitiqlardi. Ohirta chakkasidan o`pib qo`ydim. Ko`ksiga tirab turgan, qo`llarini pastga tushirdi. Ko`zlarini yumib, yuzini ko`ksimga bosdi. O`zini bo`sh qo`yib, asta belimdan quchdi. Uning tafti, yuragimda muzday qotib qolgan alam, armon, kibir tuyg`ularini eritib yubordi...</p>
<p>- Bahorim, Gulbahorim... </p>
<p>O`sha damda lablarim shivirlab aytgan so`zlar shular bo`ldi...</p>
<p></p>
<p>* * * * *</p>
<p></p>
<p>Oradan yillar o`tdi. Bugun ham o`sha kumgidek, hammayerga qish o`z gilamini to`shagan. Yuqori qavat derazasidan qarab turibman. Hovlida qor dumalatib qorbola yasayotgan, rafiqam va olti yoshli o`g`ilchamning quvnoq harakatlaridan labimda tabassum. Ular menga qo`l siltab, yonlariga tushib birga o`ynashimni istashmoqda...</p>
<p></p>
<p>Men pastga tushishga shoshildim. O`g`ilcham menga yopishib, qorga yeqitmoqchi bo`ldi. Atayib yeqilib berdim. Rafiqat tepamda turgancha qiqirlab qo`limdan tortib turg`azdi. U huddi o`sha kungidek ko`zoynak taqqan. </p>
<p>Biroq bu ko`zoynak ostidagi ko`zlarda quvonch, baxt, muhabbat barh urub turibdi. Men bu tuyg`ularni uning ko`zlarida ko`raolganimdan beynihoya baxtiyorman...</p>
<p></p>
<p>U mening taqdirim...</p>
<p>U mening baxtim...</p>
<p>U mening muhabbatim...</p>
<p>U mening Bahorim...</p>
<p></p>
<p>Shu so`zlarni to`lib toshib aytgan hikoya qahramni. So`zlari ohiriga Yaratganga shukur deya o`g`ilchasiga jilmayib qarab qo`ydi...</p>
<p></p>
<p>TAMOM...</p>
</section>
</body>
</FictionBook>