<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Omadsiz kishilarning 10 ta zararli odati</p>
</title>
<section><p>Aytishlaricha, omadga erishish uchun hayotga qandaydir yangilik olib kirish kerak. Biroq tadbirkor Darius Foruks bunga qo‘shilmaydi — uning fikricha, ba’zan orzuga erishishda yangi odatlar orttirish emas, balki eskilaridan qutulish ko‘proq yordam beradi. U eng birinchi voz kechish kerak bo‘lgan o‘nta xatti-harakat to‘g‘risida yozib qoldirgan.</p>
<p></p>
<p>1. Doimiy chalg‘ish</p>
<p>O‘zining «Essensializm» kitobida taym-menejment bo‘yicha konsultant Greg MakKeun ish izlayotgan va undan maslahat so‘ragan sobiq kursdoshi haqida yozadi. Suhbat o‘rtasida haligi odam telefoniga qaraydi va kim bilandir yozishishga tushadi. MakKeun bir-ikki daqiqa kutadi, oxiri, toqati toq bo‘lib ketib qoladi.</p>
<p></p>
<p>Men har safar biror nimadan chalg‘iganimda shu voqeani esga olaman. Agar kursdoshi telefonga chalg‘imaganida edi, u bilan suhbatdan foyda olgan bo‘lardi.</p>
<p></p>
<p>2. Vaysaqilik</p>
<p>«Men marafonga tayyorlanyapman». «Men biznes boshlayapman». Ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvli bayonotlardan nima yaxshiroq ekanini bilasizmi? Albatta, ularni amalga oshirish-da.</p>
<p></p>
<p>«Maqsadlaringni o‘zingda saqla» nomli TEDda chiqish qilgan tadbirkor Derek Sivers shunday degandi: «Rejalarni ommaga oshkor etish sizni ularga amal qilish motivatsiyasidan mahrum etishi mumkin». Atrofdagilar niyatingizdan birini maqtashsa, tamom, o‘zingizni hamma ishni uddalagandek his qila boshlaysiz.</p>
<p></p>
<p>Quvonchiga sherik bo‘lishning yomon tomoni yo‘q. Lekin orzu-istaklar ro‘yobga chiqquncha tilni tishlab turgan ma’qul.</p>
<p></p>
<p>3. Nomunosib kishilar bilan muloqot qilish</p>
<p>Atrofdagilar sizning yaxshi yoki yomon jihatlaringizni namoyon etishi mumkin. Sog‘lig‘ingizni tiklashni istaysizmi? Bu xohishingizni qo‘llab-quvvatlaydigan odamlar bilan muloqot qiling. Yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashni xohlaysizmi? Unda vaqtingizni zararli odatlardan «bahra» oladigan kimsalar bilan o‘tkazing. Unutmang, odamlar doimo bir-birlari bilan quvvat almashib turishadi.</p>
<p></p>
<p>4. Salbiy fikrlarga o‘ralashib qolish</p>
<p>Hayotda faqat yaxshi narsalarni ko‘rib, turmush oson emasligini tushunish, lekin realist bo‘lib, faqat yomon narsalarni ham ko‘rish mumkin.</p>
<p>Bo‘lar-bo‘lmasga noliyveradigan odamlar hamma joyda topiladi: «Bugun ertalab yomg‘ir yog‘ib, poaybzalim shilta bo‘ldi». Ha, bu yomon. To‘g‘ri, ob-havoni o‘zgartirishning imkoni yo‘q — biroq siz yangi poyabzal kiyishingiz mumkin bahonada.</p>
<p></p>
<p>Noxush kun — bu tabiiy hol, vaqti-vaqti bilan har birimizda uchrab turadi. Lekin atrof-muhitdan nuqul noliyversangiz, hayot ham zerikarli, qayg‘uli bo‘lib ko‘rinadi. Ha, hammasi oddiy.</p>
<p></p>
<p>5. Bugungi ishni ertaga qoldirish</p>
<p>Bir kuni kollejda professorimizdan yozma ishning topshirish muddatini uzaytirishini so‘radim. U esa shunday javob berdi: «Bir hafta keyinga qoldirishdan xursand ham, xafa ham bo‘lmayman. Faqat bir narsani so‘ramoqchiman — bir haftadan keyin topshirsangiz, esseni yaxshiroq yozasizmi?»</p>
<p></p>
<p>«Yo‘q» deb javob berishimni ikkalamiz ham bilardik. Shunda yozma ishni vaqtida topshirish uchun ancha ter to‘kishimga to‘g‘ri kelgan.</p>
<p>Ishni keyingi safar yaxshiroq bajarishingiz mumkinligini aniq bilsangizgina, uni ortga suring. Vazifani yo hozir bajaring, yo keyin, faqat yaxshiroq uddalang.</p>
<p></p>
<p>6. Boshqalarga quloq solmaslik</p>
<p>O‘zgalar so‘zini diqqat bilan tinglash faoliyatingizni to‘g‘ri yo‘nalishga buradi, uzoq muddatli istiqbollar esa atrofdagilar bilan iliq munosabat o‘rnatishga ko‘maklashadi.</p>
<p></p>
<p>Hammayam quchoqlashib ko‘rishishi mumkin. Lekin qo‘ng‘iroq qilib: «Ahvollaring yaxshimi?» deyish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun vaqtingizni qizg‘onmang. So‘rang, tinglang va g‘amxo‘rlik qiling.</p>
<p></p>
<p>7. Erinchoqlik qilish</p>
<p>Birdan butun rejalarni to‘xtatish istagi tug‘ilib qoladi. Bunday vaziyatlarda uydan chiqish mashaqqatga aylanadi, hatto vaqtichog‘lik va’da qilinayotgan bo‘lsa ham.</p>
<p></p>
<p>Biroq yangi taassurotlar hayotni ajoyiblashtiradi. Dangasalikka yon bossangiz, passiv kuzatuvchiga aylanasiz qolasiz. Bundan tashqari, siz bilan birga bo‘lishni xohlagan oila, turmush o‘rtoq, do‘stlar va boshqa yaqinlarga nisbatan adolatsizlik qilgan sanalasiz.</p>
<p></p>
<p>8. Qiziqishni yo‘qotish</p>
<p>Avvallari yangi axborot olish imkoniyati cheklangandi, ba’zida yopiq ham bo‘lgan. Hozir biz har qachongidan ko‘ra ko‘proq ma’lumotni qo‘lga kiritishimiz mumkin. Bu ustunlikdan foydalanayotganlar — kitob o‘qiyotganlar, savol berayotganlar, qiziquvchanligini namoyish etayotganlar — kelajakni shakllantirishda erkinroq bo‘lishadi. Odam o‘zi bilmagan narsasini orzu qilishi mushkul.</p>
<p></p>
<p>9. Yaxshi odam bo‘lmaslik</p>
<p>Shunchaki yaxshi odam bo‘ling. Agar buning nima ekanini bilmasangiz, sizga achinamiz.</p>
<p></p>
<p>10. Taslim bo‘lish</p>
<p>«Muvaffaqiyatga olib boradigan eng to‘g‘ri yo‘l — qayta-qayta urinish», — degandi Tomas Edison. Muvaffaqiyat deganda nimani tushunishingizdan qat’i nazar, uning yo‘lida muvaffaqiyatsizliklarga duch kelishingiz muqarrar, barini yengib o‘tishingizga to‘g‘ri keladi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>