<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Odam organizmi nega qariydi?</p>
</title>
<section><p>Odam nega qariydi? Olimlar ikki asrdan buyon bu savolga javob topishga urinadi. Shu vaqt ichida ko‘plab nazariyalar ilgari surildi. Ulardan qaysi birlari haqiqatga yaqinroq?</p>
<p></p>
<p>1. Organizmning bakterial intoksikatsiyasi nazariyasi</p>
<p>Mazkur nazariya muallifi — rossiyalik biolog Ivan Mechnikov bo‘lib, u tananing moddalar almashinuvi mahsulotlari bilan zaharlanishi oqibatida odam o‘ladi, deb hisoblagan. Bu mahsulotlar yo‘g‘on ichakda — o‘ziga xos chirituvchi mikroorganizmlar inkubatorida to‘planadi.</p>
<p></p>
<p>Nazariya o‘z tasdig‘ini topmadi. Boz ustiga, keyinchalik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, yo‘g‘on ichakda tana uchun betakror aminokislotalar ishlab chiqariladi.</p>
<p></p>
<p>2. Erkin radikallar nazariyasi</p>
<p>Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ikkita tadqiqotchi tomonidan deyarli bir vaqtda ilgari surilgan — Denxem Xarman (1956 y.) va sobiq Ittifoq biokimyogari Naum Emanuel (1958 y.). Mazkur nazariyaga ko‘ra, hujayra ishining buzilishiga erkin radikallar sabab bo‘ladi — kislorodning faol shakllari mitoxondriyalarda (hujayralarning energetika fabrikalarida) sintez yo‘li bilan hosil qilinadi. Agar kimyoviy faol (demakki, tajovuzkor) erkin radikal o‘zining o‘rgangan joyini tark etsa, u DNKga ham, RNKga ham zarar yetkazishi mumkin.</p>
<p></p>
<p>Ushbu nazariyaga ko‘pchilik ergashdi, chunki nafaqat qarish mexanizmini, balki unga hamroh patologik jarayonlarni ham izohlab berdi (yurak-qon tomir kasalliklari, immunitet pasayishi, miya funksiyasi buzilishi, onkologik xastaliklar va hokazo). Erkin radikallar nazariyasining yana bir afzalligi — tayyor ziddizaharning mavjudligi. Ushbu nazariyotga ko‘ra, tanaga oziq-ovqat — A, S, Ye vitaminlari bilan tushayotgan antioksidantlar erkin radikallar ta’sirini kamaytirishi mumkin.</p>
<p></p>
<p>Bu tijoriy jihatdan eng foydali nazariyalardan biri bo‘lib, turli vitaminli qo‘shimchalar va BADlar yordamida uning ortidan mo‘maygina pul ishlab olishgan va daromad qilishda davom etishmoqda.</p>
<p></p>
<p>3. Hujayra apoptozi nazariyasi</p>
<p>Rossiyalik akademik Vladimir Skulachev tomonidan ishlab chiqilgan. Apoptoz — hujayralarning dasturlangan halok bo‘lish (o‘z-o‘zini yo‘q qilish) jarayoni. Unga ko‘ra, har bir hujayra o‘zining hayotiy siklini bosib o‘tgach, yo‘qolishi, o‘rnini esa yangisi egallashi zarur. Apoptoz hujayra ehtiyotkorlik bilan nobud bo‘ladi — o‘z-o‘zini qismlarga ajratadi, qo‘shni hujayralar esa keyinchalik undan qurilish materiali sifatida foydalanadi.</p>
<p></p>
<p>Tanada hujayralar tug‘ilishdan ko‘ra ko‘proq o‘lganda qarish boshlanadi, nobud bo‘layotgan hujayralar o‘rnini esa yangilari emas, biriktiruvchi to‘qimalar egallaydi.</p>
<p></p>
<p>Skulachev nuqtai nazariga ko‘ra, keksalikni «o‘chirish» mumkin. Buning uchun hujayra tuzilishi parchalanishiga qarshi qanday harakat qilish kerakligini tushunish zarur. Olim qarish alomatlarini bartaraf etishga mo‘ljallangan antioksidant ishlab chiqdi.</p>
<p></p>
<p>4. Molekulyar-genetik nazariya</p>
<p>Zamonaviy gerontologiyada eng ko‘p tanilgan nazariya, unga ko‘ra qarishga hujayralarning genetik apparati o‘zgarishi sabab bo‘ladi.</p>
<p>Nazariyaning ichida ikkita tarmoq mavjud. Ba’zilar genlarning qarishga oid o‘zgarishlari nasldan naslga o‘tadi, deyishsa, boshqalar uni tasodifiy mutatsiyalar to‘planishi oqibati deb hisoblaydi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>