<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Sabzavot va mevalarning tarkibi (Ular qanday vitaminlarga ega?)</p>
</title>
<section><p>Anjir vitamin A, B1, B2, C, oqsil, pektin, kalsiy, temir moddalariga boy bo'lib, ko'p miqdorda iste'mol qilinsa ich qotirish xususiyatiga ega.</p>
<p>Anor vitamin C, folat kislotasi, uglevod va organik moddalarga boy. Ichni qotiradi.</p>
<p>Apelsin allergik meva hisoblanadi. Vitamin B1, C, fitonsidlar, karotin, uglevod, organik kislotalar va efir moyiga ega. Ich yumshatish xususiyati mavjud.</p>
<p>Banan ham allergik meva hisoblanib, vitaminlar guruhi, kaliy, uglevodlar va mineral tuzlar tarkibiga kiradi.</p>
<p>Behi Vitamin C, uglevod, organik kislotalar, efir moyi, temir va kalsiy moddasiga boy.</p>
<p>Gilos tarkibiga vitamin B1, B2, PP, C, uglevod, kaliy, kalsiy, fosfor, magniy, temir moddasi, organik kislota, pektin va karotin moddalari kiradi.</p>
<p>Do'lana vitamin B1, B2, PP, C, E, uglevod, yog', efir moyi, karotin, organik kislotalar, xolin, atsetsilxolin, flavonoidlarga boy. Ichni qotiradi.</p>
<p>Karamda vitamin B1, B2, B6, PP, C, K, uglevod, karotin, fermentlar, aminokislota, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, oqsil va pantoten kislotasi mavjud.</p>
<p>Limon allergik meva hisoblanadi. Tarkibida vitamin C, B1, B2, PP, organik kislota, flanvanoid, fitontsid, karotin, pektin moddalar, qand, kaliy, natriy, kaltsiy, fosfor, magniy moddalari bor.</p>
<p>Na'matak qaynatmasi C va B guruhi vitaminlariga boy, undan tashqari tarkibida organik kislotalar, likopin, riboksantin, flanvanoidlar, uglevod, pektin, kaliy, temir moddasi, kalsiy, magniy, fosfor moddalari mavjud.</p>
<p>Nok vitamin C, A, B1, P, PP, uglevod, organik kislota, fitonsidlar, fermentlar, mis, folat kislotasi, temir moddasi, pektin va azotli moddalarga boy.</p>
<p>Olcha tarkibida ko'plab vitaminlar va organik kislotalar bor.</p>
<p>Olma tarkibida Vitamin C, A, B1, B2, PP, folat kislotasi, uglevodlar, organik kislotalar, pektin, Mis va Temir moddalari mavjud.</p>
<p>Olxo'ri ich yumshatish hususiyatiga ega bo'lib, uning tarkibida vitamin C, B, uglevod, oqsil, organik kislota, katexin, pektin, kaliy, mis va temir moddalari mavjud.</p>
<p>Pomidor vitamin C, B1, B2, PP, aminokislotalar, uglevod va organik kislotalarga boy bo'lib, tarkibida kaliy, kalsiy, magniy, temir moddasi va boshqa ko'plab foydali moddalar mavjud.</p>
<p>Sabzi vitamin A, B1, B2, PP, E, K, uglevod, kraxmal, yog' va fermentlarga boy. Tarkibida temir moddasi, natriy, kalsiy va kaliy moddalari bor.</p>
<p>Smorodina vitamin C ga va B guruhiga oid vitaminlarga ega.</p>
<p>Tarvuz vitamin B1, B2, C, PP, uglevod, karotin, organik kislota, folat kislotasi, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor va temir moddasini o'z ichiga oladi.</p>
<p>Turp vitamin B1, B2, B6, C, PP, uglevod va oqsilga boy bo'lib, kaliy, kalsiy, fosfor va magniy moddalariga ega.</p>
<p>Tut Ovqatdan oldin yeyish foydali hisoblanadi. Vitamin C ga boy bo'lib, o'z ichida kaliy, kalsiy va temir moddasiga ega.</p>
<p>Xurmo tarkibida-vitamin B1, B2, C, PP, uglevod, organik kislota, yog', oqsil va temir moddasi mavjud.</p>
<p>Shaftoli allergen mahsulot bo'lib, B guruhi va C vitaminiga boy. Tarkibida kaliy va magniy moddalari, uglevodlar va organik kislotalar mavjud.</p>
<p>O'rik vitamin C, PP, A, B15, uglevod,kraxmal, temir, kalsiy va magniy moddalari tarkibida mavjud bo'lib, kaliy moddasiga boy ichni yumshatadigan meva hisoblanadi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>