<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Nima uchun ayollarda mo`ylov chiqadi? Sabablarini o`rganamiz!</p>
</title>
<section><p>— Yoshim 30 da. Oilaliman. Ikki nafar farzandim bor. Chamasi olti oy ilgari labim ustida tuklar paydo bo`la boshladi. Hozir xuddiki o`smir yigitlarning mo`ylabi sabza urgandek holatga kelib qolgan. Kosmetolog ko`rigiga borgandim, u bu muammoni shifokor bilan hal etishim lozimligini aytdi. Yuzda ortiqcha tuklarning chiqishini davolash qanchalar samara beradi? Uni kosmetologik muolajalar bilan yo`q qilish mumkin emasmi?</p>
<p>Xurshida O`razalieva, Toshkent viloyati.</p>
<p>Darhaqiqat, bu muammodan butunlay qutilish uchun avvalo dermatolog, endokrinolog va ginekolog ko`rigiga borish lozim. Nega deysizmi? har bir insonning jinsiy belgilarini namoyon etishga ko`maklashadigan androgen gormonlari mavjud: ayollarda bu – progesterondir, erkaklarda esa testosteron aynan shu vazifani bajaradi. Qizig`i, bu ikkala gormon ayol va erkak organizmida ham uchraydi. Yagona farqi – miqdorida. Organizmda ularning miqdor muvozanati buziladigan bo`lsa, tashqi ko`rinishda ham o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan, ayolda testosteron gormon ko`payib ketsa, husnbuzar toshishi, yuzda ortiqcha tuklarning paydo bo`lishi, hayz sikli, buyrak osti bezlari va tuxumdonlar faoliyatining buzilishi hamda homila tushishi kabi holatlar ro`y berishi ehtimoli oshadi. Bundan tashqari yuzdagi ortiqcha tuklarga qo`yidagilar ham sabab bo`ladi:</p>
<p>Bug`doy unidan tayyorlangan mahsulotlar va shirinliklarni haddan ortiq iste`mol qilish;</p>
<p>Teri kasalliklari (ekzema, psoriaz kabilar);</p>
<p>Anoreksiya (ozg`inlik va ovqatdan bosh tortish);</p>
<p>Tuxumdonlar polikistozi;</p>
<p>Menopauza.</p>
<p>Go`zallikni saqlab qolish hamda turli xastaliklardan himoyalanish uchun tahlil topshirish lozim.</p>
<p>Zaruriy tahlillar</p>
<p>Mo`ylovlarni oddiy kosmetik muolaja bilan olib tashlash yoki dori-darmon bilan davolash kerakligi shifokor ko`rigidan so`ng ma`lum bo`ladi. Unga qadar esa bemor ayol quyidagi tekshiruvlardan o`tishi shart:</p>
<p>Bir sutkalik peshob tahlili;</p>
<p>Gormonlar uchun qon tahlili;</p>
<p>Jinsiy a`zolar UTTsi.</p>
<p>Aynan mana shu tahlillarning natijasiga qarab, mo`ylovlarning chiqish sababi aniqlanadi. Agar testosteron miqdori me`yordan oshiq bo`lsa, uni dorilar bilan davolash talab etiladi. Biroq gormonlar miqdori me`yoriy ko`rsatkichni ko`rsatsa, unda sizga kosmetik muolajaning o`zi etarli sanaladi.</p>
<p>O`zingizga yordam bering!</p>
<p>Gormonal fonni muvozanatga keltirish uchun davolanish kursi uzoq vaqt talab etadi. U tugagunga qadar esa siz mo`ylovlarni atrofdagilarga «ko`z-ko`z» qilishni istamasligingiz aniq. Ularni vaqtincha yo`qotish uchun bir qancha usullardan foydalansangiz bo`ladi.</p>
<p>Pinset yordamida tuklarni terish. Bu ishni yaxshisi vanna qabul qilgach bajaring, chunki teri biroz bo`shashgan bo`ladi.</p>
<p>Vosk yoki shakarli epilyasiya. Bu muolajalar sizni muammodan 2-4 haftaga qutqaradi. Bu vositalarni istalgan dorixona va kosmetologik do`konlardan xarid qilish mumkin.</p>
<p>Oqartirish. Vodorod peroksidining 6 %li eritmasi hamda nashvadil spirtining aralashmasi yordamida ortiqcha tuklarni bemalol oqartirish mumkin. Faqat bu vositani qo`l terisining kichik hududiga surtib, allergiyaga moyillikni sinash lozim. Shuningdek, bu muolaja terisi oq-sariqdan kelgan ayollarga tavsiya etiladi.</p>
<p>Oliy toifali shifokor, dermato-venerolog Begali JUMANOV bergan ma`lumotlar asosida</p>
</section>
</body>
</FictionBook>