<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Qiz tarbiyalayotgan otalar uchun 7 maslahat</p>
</title>
<section><p>1. Mehringizdan zarracha shubhalanmasin.</p>
<p>Bilasizmi, qizlar otasining mehri tufayli himoyalanganlik va o`ziga ishonch tuyg`ulari his qilishadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda ham uni yaxshi ko`rishingizga zarracha shubhalanmasligi lozim. Jahlingiz chiqqanda, qo`pol muomala qilishdan ehtiyot bo`ling.</p>
<p>2. Bo`lajak umr yo`ldoshining andozasini sizdan oladi.</p>
<p>Bolaligidan dunyodagi eng yaxshi erkakni sizning qiyofangizda ko`radi. Bunga ayolingiz bilan munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yganingiz sabab. Galdagi vazifangiz, shu muhitni saqlab qolish. Lozim bo`lsa, yanada rivojlantirishdan iborat. Buning uchun onasini ardoqlashingizni farzandingizdan yashirmang.</p>
<p>3. Bayramlarni birga nishonlang!</p>
<p>Qo`g`irchoq o`ynab o`tirgan qizingiz hademay xonadoningizdan uchirma bo`ladi. Uning xotiralari shirin bo`lishini ta`minlang. Bayramlarni, muhim sanalarni unutmang. Arzimagan sabablar bilan ham shodiyona uyushtirishga odatlaning.</p>
<p>4. E`tiboringizni ayamang!</p>
<p>Qizaloqlaringiz bilan qiziqarli o`yinlar o`ynang, u bilan birga zavqlaning. O`rni kelganda, olqishu qarsaklaringizni ayamang.</p>
<p>5. U tinglayotgan qo`shiqni eshitib ko`ring.</p>
<p>O`smirlik davrida har bir qizda zamonaviy musiqaga qiziqish paydo bo`ladi. Ba`zida bu qo`shiqlar quloqlaringizni qomatga keltirib yuborishi ham ehtimoldan yiroq emas. Ammo siz shu musiqaning aynan qaysi jihatlari unga yoqishini so`rab ko`ring. Nima uchun deysizmi, ikkingiz suhbatlashishingiz uchun mavzu bo`ladi-da. Yodingizda bo`lsin, bu qiziqish o`tib ketadi, ammo ko`ngildagi xiralik butun umrga saqlanib qolishi mumkin.</p>
<p>6. Qo`lidan tutib sport to`garagiga olib boring.</p>
<p>Qizalog`ingiz irodali va sog`lom bo`lishi uchun uni, albatta, sportga oshno qiling. Engil atletika, badiiy gimnasitika, raqs... Tanlash imkoniyatini ixtiyoriga qo`yib bering.</p>
<p>7. Samimiy bo`ling.</p>
<p>Barcha otalar qizlari uchun qo`llaridan kelgan sharoitni yaratib berishadi. Ammo, baribir, orada qandaydir devor bordek tuyulaveradi. Sizda bunday bo`lishini istamasangiz, samimiylikni yo`qotmang. Ba`zida bergan va`dangizni bajarishga imkon topa olmaysiz, gohida adolatsizlik qilishingiz mumkin. Mana shunday paytlarda adashganingizni tan olishdan uyalmang. Ishoning, bu orangizdagi muzliklarni eritishga ko`maklashadi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>