<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>O‘tirish ham chekish kabi ziyon</p>
</title>
<section><p>Muntazam o‘tirib ishlash oyoq</p>
<p>mushaklariga yomon ta’sir</p>
<p>ko‘rsatadi. Bugun irsiyat va</p>
<p>jismoniy faollikning oyoqlaringiz</p>
<p>ko‘rinishiga ta’siri haqida</p>
<p>gaplashamiz</p>
<p>Tik turib ishlash so‘nggi yillarda</p>
<p>urfdan qolib borayotganiga</p>
<p>qaramasdan bir qator</p>
<p>afzalliklarga ega. Tik turganda</p>
<p>moddalar almashinuvi o‘tirganga</p>
<p>nisbatan tezroq amalga oshadi.</p>
<p>Kaloriya sarfi bir yarim</p>
<p>baravarga ortadi. Shu bilan birga</p>
<p>muntazam o‘tirish bir qancha</p>
<p>kasalliklarga chalinish xavfini</p>
<p>oshiradi, mushaklar atrofiyasi va</p>
<p>uvushishini keltirib chiqaradi.</p>
<p>“O‘tirish – xuddi chekish kabi</p>
<p>makkorona odatdir”, deydi</p>
<p>Luizianadagi Pennington</p>
<p>biotibbiyot tadqiqot markazi</p>
<p>professori, fiziolog Mark</p>
<p>Xamilton.</p>
<p>Xamilton, ehtimol, oshirib</p>
<p>yuborgandir. Ammo ko‘plab</p>
<p>kishilar o‘tiraverib, avval</p>
<p>oyoqlari, keyin butun tanasini</p>
<p>bo‘tqaga aylantirib yuborishi</p>
<p>xavotirlanishga arziydi.</p>
<p>Oyoq faollashganda qanday</p>
<p>jarayonlar kechadi?</p>
<p>Elektromiografiya (EMG)</p>
<p>yordamida oyoqning yurish,</p>
<p>yugurish, sakrash kabi turlicha</p>
<p>xatti-harakatdagi faolligini tahlil</p>
<p>etish mumkin. Bunda tana</p>
<p>mushaklarining faolligi oddiy</p>
<p>elektrokardiogramma chizig‘i</p>
<p>singari qayd qilinadi. Agar</p>
<p>yurakka oid kardiogramma</p>
<p>chizig‘i tekislana borsa,</p>
<p>reanimatsiya jarayoni</p>
<p>kechayotgan bo‘ladi,</p>
<p>oyog‘imizga tegishli xuddi</p>
<p>shunday chiziq o‘tirganimizda</p>
<p>qayd qilinadi. Ammo tik turib</p>
<p>yura boshlaganimizda chiziq</p>
<p>jonlanib ketadi.</p>
<p>Oyog‘ingiz tanangizni ko‘tarib</p>
<p>turganida qattiq toliqish</p>
<p>sezmaysiz, biroq mushaklaringiz</p>
<p>izometrik ravishda qisqarib</p>
<p>turadi. Tik oyoqda ikki soat</p>
<p>o‘tkazish 3 km yugurish bilan</p>
<p>tengdir.</p>
<p>Oyog‘imiz uzunligi va</p>
<p>o‘lchamiga irsiyatning qanday</p>
<p>ta’siri bor?</p>
<p>Hozirgi kunda oyoq uzunligi</p>
<p>naslga bog‘liq degan qarash</p>
<p>hukmron. Umumiy olganda</p>
<p>ayollarning oyog‘i</p>
<p>erkaklarnikidan uzunroq bo‘ladi.</p>
<p>18-45 yoshli ayollarning oyog‘i</p>
<p>bo‘yining 45 foizini tashkil etsa,</p>
<p>erkaklarda bu son 44 foizga</p>
<p>teng.</p>
<p>Oyoq mushaklari – bu boshqa</p>
<p>mavzudir. U, nafaqat, irsiyatga,</p>
<p>o‘zingizga ham bog‘liq.</p>
<p>Inson tanasi, go‘yo, tezlik uchun</p>
<p>emas, bardoshlilik uchun</p>
<p>yaratilgandek. Evolyutsion</p>
<p>biologiya professori Deniel</p>
<p>Liberman fikricha, bunga sabab</p>
<p>oyog‘imizda sekin qisqaruvchi</p>
<p>tolalar ko‘pligidir. Hattoki, eng tez</p>
<p>yuguruvchi sportchilar ham bu</p>
<p>borada yugurik hayvonlar bilan</p>
<p>bellasholmaydi. Masalan,</p>
<p>mashhur yuguruvchi Useyn</p>
<p>Boltning tezligi gepardnikidan</p>
<p>2,5 barobar ozdir.</p>
<p>Ko‘pincha ayollar oyoqlari</p>
<p>yo‘g‘onlashib ketishidan qattiq</p>
<p>qo‘rqishadi, shu sabab zo‘r berib</p>
<p>mashq qilishga ishtiyoqlari yo‘q.</p>
<p>Biroq tos va sonning</p>
<p>yo‘g‘onlashib ketishi mushakdan</p>
<p>emas, ortiqcha yog‘dandir. Son</p>
<p>qismda yog‘ yig‘ilsa, oyoq</p>
<p>zaiflashadi va yog‘ yanada</p>
<p>ko‘proq to‘planadi.</p>
<p>Ayollarning tanasi yog‘</p>
<p>to‘planishga moyil bo‘ladi.</p>
<p>Buning o‘z sababi bor: ehtimoliy</p>
<p>homiladorlikka organizm zaxira</p>
<p>to‘playdi.</p>
<p>Ko‘plab amaliy, qiziqarli</p>
<p>maqolalar muallifi Melissa Rot</p>
<p>tanadagi yog‘ni yo‘qotishga oid</p>
<p>tajribani o‘zida sinab ko‘rdi.</p>
<p>Oyog‘i Shvarsneggernikidek</p>
<p>mushakdor bo‘lib ketishidan</p>
<p>cho‘chimasdan o‘tirib-turish,</p>
<p>zinadan ko‘tarilish, veloaerobika</p>
<p>kabi mashqlar bilan jiddiy</p>
<p>shug‘ullandi. 4 haftalik mashq</p>
<p>oqibatida oyog‘idagi yog‘</p>
<p>miqdori 10 foizga kamaydi.</p>
<p>Sakkiz hafta o‘tgach esa son</p>
<p>aylanasi ikki barobar kichraydi.</p>
<p>Darvoqe, Melissa parhez tutgan</p>
<p>(kuniga 1500 kkal).</p>
<p>O‘tirib-turish, zinadan ko‘tarilish</p>
<p>va veloaerobika, nafaqat, oyoq</p>
<p>semirishiga yo‘l qo‘ymaydi, balki</p>
<p>salomatligini yaxshilaydi: yog‘</p>
<p>miqdori kamayadi va mushaklar</p>
<p>o‘sadi.</p>
<p>Xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin,</p>
<p>chiroyli oyoqlar qomatga ko‘rk</p>
<p>beradi. Buning uchun ko‘p</p>
<p>“o‘tirib qolish”dan saqlanish va</p>
<p>muntazam yuqorida sanalgan</p>
<p>mashqlarni ado etish lozim.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>