Bu dieta professional dietolog tomonidan tuzilgan bo'lib uning asosida vitamin va minerallar yotadi. Ertalabki nonushta (6:00-8:00): 125 gramm tvorog, sabzavotli salat, 1-2 bo'lak non, choy yoki kofe. Ikkinchi nonushta (10:00-11:00): 1-2 dona meva va yashil sabzavotlar (bodring, bulg'or qalampiri). Kunduzgi tushlik (13:00-14:00): Yog'siz sho'rva va qaynatmalar. Tovuqning ko'krak qismi go'shti yoki yog'siz mol go'shti. Sabzavotli salat va yashil no'xatli pyure (dieta davomida pasayib ketgan gemoglobin miqdorini oshiradi). Tushlik (16:00-17:00): 1-2 dona meva, yogurt. Kechki ovqat (18:00-20:00): 1-2 bo'lak non, tvorog, sabzavotlar. Kuniga kamida 10-12 stakan suv ichiladi. Kun davomida yashil sabzavotlardan cheksiz yesa bo'ladi.