<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Qishda konditsionerdan to'g'ri foydalanish usullari</p>
</title>
<section><p>1. Uyni konditsioner yordamida isitishdan oldin uning imkoniyatlari yozilgan qo‘llanma bilan sinchiklab tanishib chiqish lozim. Agar imkoniyatlari bunga yo‘l bersa, undan bemalol foydalanish mumkin.</p>
<p>2. Ayrim konditsionerlar isitish uchun mo‘ljallanmagan, ular faqat sovitadi yoki isitish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Lekin elektr isitgichlarga qaraganda, energiyani ancha kam sarflaydi, uy ichini tez va sifatli isitadi.</p>
<p>3. Konditsioner issiqlikni uy ichining burchak-burchaklarigacha haydab beradi. Masalan, konditsioner 1000 Vatt elektr energiyasi hisobiga 3600 Vatt energiya beradigan issiqlikni hosil qilishi mumkin.</p>
<p>4. «Yoz-qish» tizimidagi konditsionerlarning aksariyatini «Isitish rejimi»da ishlatsa bo‘ladi. Ammo ularning imkoniyatlari darajasiga e’tibor qaratishni ham unutmaslik kerak.</p>
<p>5. Ayrim konditsionerlarning qo‘llanmasida havo harorati -5 darajadan past bo‘lmasa, isitish uchun ishlatish mumkinligi keltirilgan.</p>
<p>6. Ba’zi inventorli konditsionerlarni havo harorati -15 daraja bo‘lsa ham «Isitish rejimi»ga qo‘ysa bo‘ladi. Lekin bundan past haroratda uni ishlatmagan ma’qul.</p>
<p>7. Hozirgi zamonaviy konditsionerlar ikki: tashqi va ichki blokdan iborat. Havo harorati juda past bo‘lsa, tashqi blok va drenaj quvurlari muz bilan qoplanadi. Natijada ventilyator ishdan chiqib, ichkariga issiqlik berish keskin pasayib ketadi.</p>
<p>8. Sovuq havoda xladagent moddasi quyuqlashib ketishi natijasida kompressor buzilishi mumkin. Konditsioner yordamida uzoq vaqt uy ichini isitish undagi detallarning tez yeyilib-eskirishi va ishdan chiqishiga olib keladi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>