<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>«Boyo`g`li» sindromi yoxud uyqusizlikka chalinganlar uchun 15 tavsiya!</p>
</title>
<section><p>Kunduzi hal etilmagan tashvishlar, qo`rquv, iztirob, kechga yaqin to`yib ovqatlanish, surunkali kasalliklar, tetiklashtiruvchi ichimliklar (choy, qahva, kola) ichish, kompyuter va televizor oldida ko`p o`tirish tiniqib uxlashga yo`l qo`ymaydi. Oqibatda, ertalabdan behol, charchagan va kunbo`yi qo`lingiz ishga bormaydigan holatga tushasiz. Bunday bo`lmasligi uchun, avvalo, kun tartibiga rioya qilish, uyqudan oldin asabiylashmay, murosa, sabr va shukrona hislarini qalbda jamlash kerak. Bu borada shifokor-terapevt Abduhalil BANNAEV tavsiyalariga quloq tutamiz.</p>
<p>1. Kaftingiz orasida archa g`uddasini 5 daqiqa uqalang, tinchlanib, tez uxlaysiz.</p>
<p>2.Yarim bog` shivit ko`katini mayda to`g`rab, ustiga bir piyola qaynoq suv quyib damlang. Mazkur damlamani bir hafta davomida, yarim piyoladan, uyqudan bir soat oldin ichib borsangiz oromsizlikdan halos bo`lasiz.</p>
<p>3.Bir bo`lak pishloq, bir hovuch arab xurmosi, banan yoki bir piyola asal solingan sut odamga tinchlantiruvchi ta`sir ko`rsatib, uyquga chorlaydi.</p>
<p>4.Ikki chimdimdan zira, ko`k choy va mandarin po`stlog`idan olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv quying-da, bir soatga damlab qo`ying. Damlama kechga yaqin, uyqudan 1 soat oldin bir piyoladan ichiladi.</p>
<p>Bilasizmi:</p>
<p>Uyga kelgach, kiyim almashtirib, noxush kayfiyat, muammolar ishda qolganini o`zingizga uqtiring. Bu yog`i oilaviy hordiq, sokinlik va shirin uyqu!</p>
<p>1.Uyqusizlik qiynasa, pastroq yostiqqa yuztuban yotib, boshingizni chap tomonga buring, tez uxlab qolasiz.</p>
<p>2.Tushlik payti tuzlangan bodring, qora non, qatiqli salat eyish kechga borib, tananing bo`shashishi va orom olishiga yordam beradi.</p>
<p>3.Tuzlangan karam yoki bodring suviga bir choy qoshiq asal qo`shib, yotishdan oldin ichish ham yordam beradi.</p>
<p>4.Uyqudan oldin ikkala qo`lning bosh barmoqlari yordamida boshning ensa qismini yuqoridan pastga 5 daqiqa davomida engil uqalang, darrov uxlab qolasiz.</p>
<p>5.Ertalabgacha ko`zingiz ilinmayotgan bo`lsa, lavr va atirgul yaproqlari solingan yostiqcha xarid qiling. Bunday maxsus yostiqchalar tanani bo`shashtirish xususiyatiga ega bo`lib, orom olishingizga ko`maklashadi.</p>
<p>6.Peshonaga qatiq chaplab yotish yoki karam bargini qo`yib uxlash ham uyqu chaqiradi.</p>
<p>7.Turmush o`rtog`ingiz tamaki chekishni tashladi-yu, uyqusizlikka chalindimi? Unda 2-3 kun choy va suv o`rniga moychechak gulidan damlab ichkazing, organizm qaramlikdan tez qutulib, uyqusi yaxshilanadi.</p>
<p>8.Erqalampir ko`katini mayda qirg`ichdan o`tkazib, ikki qavat dokaga o`rang-da, oyoq to`pig`iga bog`lang. Qon bosimi ko`tarilishi asoratida kelib chiqqan uyqusizlikdan halos bo`lasiz.</p>
<p>9.Uyqusizlik asabbuzarlik oqibatida boshlangan bo`lsa, vananni issiq suvga to`ldirib, ichiga 5-6 tomchi olma sirkasi qo`shib birpas o`tiring.</p>
<p>10.Kanakunjut moyini boshning chakka sohasi va burun ostiga surtsangiz, yaxshi uxlaysiz.</p>
<p>11.Bir hovuch eryong`oq yoki bodom mag`zini esangiz ham tez uxlab qolasiz. Shuningdek, eryong`oq yoki sedana yog`ini yarim choy qoshiq miqdorida qabul qilib, ketidan suv ichib yotishning ham foydasi bor.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>