<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>O'z baxtingizni yanada yorqinroq ranglarga bo'yang</p>
</title>
<section><p>Bilasizmi, o`qish, yozish mashina haydashni o`rganish singari omadli bo`lish sirini ham o`zlashtirish mumkin ekan. Buning uchun o`z ichki imkoniyatlaringizni o`rganib chiqib, ularni to`g`ri yo`naltirishning o`zigina kifoya.</p>
<p>Omadsizlik oroli</p>
<p>Mashhur «Brilliant qo`l» filmini yaxshi eslaysiz, albatta. Undagi omadsizlik oroli haqidagi qo`shiqni qachonlardir xirgoyi qilib yurganingiz ham aniq. Ham quvnoq, ham g`amgin qo`shiq. Kichkinaligimda o`sha orolda yashovchilar dahshatli odamlardek gavdalanardi xayolimda. Hozir esa… Agar menda o`sha orolni qidirib topish imkoni bo`lsa, jon deb u erga borib, omadsiz odamlarga omad formulasi haqida ma`ruza o`qigan bo`lardim. J</p>
<p>Gap shundaki omadsiz odamlarni boshqalardan faqat bir narsa ajaratib turadi xolos. Ular hayotdan nimani istashlarini aniq bilishmaydi. Masalan ishidan yolchimagan omadsiz odamga yangi, yaxshi ish taklif qilib ko`ringchi? U albatta bu taklifni rad etadi. Har erda bor toshu-tarozi maqoli bilan o`zini oqlaydi ham. Sababi u hayotida nimanidir o`zgartirishdan, tavakkal qilishdan qo`rqadi. Omadsiz odam biror ishni eplolmagani uchun bahona qidirishga shunchalik ko`p quvvat sarflaydiki, uning biror ishni qoyillatishga shunchaki holi qolmaydi. Nega bahona qidiradi deysizmi? Chunki o`ziga ishonmaydi. Har qanday ishni «eplolmasam keragov», degan ikkilanish bilan boshlaydi.</p>
<p>Omad kaliti qaerda?</p>
<p>Sholchaning tagida? Yuq-yo`q, adashdingiz. U sizning ishonchingizda. Ha, xuddi shunday! O`zingizga, hayotingiz yaxshilanishiga, bundan ortig`iga ham erisha olishingizga bo`lgan ishonchingizda. Omadli odamlar omadsizlardan aynan shu xususiyat bilan farqlanishadi. Va eng asosiysi, ular o`zlarini YaXShI KO`RIShADI! To`g`ri, ular hayotida ham ba`zi-ba`zida kichkina omadsizliklar ro`y berib turadi. Ammo ular buning uchun yil davomida aza tutib yurishmaydi. Aksincha «arzimagan» dilxiralik haqida bosh qotirishdan qochishadi va bora-bora uni shunchaki unutib yuborishadi.</p>
<p>Ular har doim o`z oldilariga maqsad qo`yib, unga erishish ilinjida yashashadi. Hatto arzimagan masalalarda ham. Masalan, seminar mashg`ulotida «5» baho olishni ko`zlab (talaba misolida), maqsadga etishadi ham. Keyin kichkinagina bo`lsa-da, shu yutuq bilan, «istasam har qanday ishni uddalay olamanku», deb o`ziga bo`lgan ishonchini «sug`oradi».</p>
<p>Oyning o`n beshiga ishonuvchilar</p>
<p>Ya`ni omadlilik darajasi o`rtacha bo`lgan odamlar. Ular Everestni zabt etishni istashmaydi. Qora qozoni qaynab tursa bo`ldi. Niyatga yarasha deganidek… Qora qozon qaynashi uchun harakat qilishadi. Ammo ularning harakatlari omadi chopganlarnikichalik ishonch va tavakkaldan yiroq. Yo`q, ular ishonishadi! Lekin o`zlariga emas, oyning o`n beshi yorug` bo`lishiga. Aytgancha, aynan shunday—omadliik darajasi o`rtacha odamlar er sha`ri aholisining aksariyat qismini tashkil etadi.</p>
<p>Yaxshi hayotga erishish maktabi</p>
<p>Xuddi shunday nomlanadigan maktab bor ham. Uning asoschisi Britaniyalik professor Richard Vaysman hayotda eng omadi chopgan va umuman kosasi oqarmaydigan insonlar psixologiyasini o`rganib, butun boshli turkum asarlar yaratgan. Undagi fikrlarni umumlashtirgan holda hayotiga omad nurlari kirishini istagan odamlar uchun qo`yidagilarni tavsiya qilish mumkin.</p>
<p>1.An`anaviy ketma-ketlikdan qoching, qoliplardan chiqishga harakat qiling. Mana masalan, uyingizga har kun har xil yo`llardan yurib boradigan bo`lsangiz, ko`proq joylarni ko`rasiz, turli voqealarni kuzatasiz va balki o`sha siz ilgari yurib ko`rmagan yo`llarning birida orzuingizdagi insonni uchratish imkonini topasiz.2.E`tiborliroq bo`ling! Masalan, nega Aziza yurgan yo`lidan nuqul pul topib yursa, Umida yurgan yo`lida hamyonini yo`qotib yuradi? Sababi Aziza o`zi peshonasi yarqiragan qizu, Umidaning yo`lidan nuqul qora mushuk chiqib qolaverishida emas. Birinchising ikkinchisidan ko`ra hushyorroqligida.</p>
<p>3.Ichki sezgilardan foydalaning! Ahamiyat berganmisiz, nega biror bir o`yinda birinchi marta ishtirok etayotgan odamning omadi yurishaveradi? Axir u qoidalarni ham to`g`ri bilmaydiku? Sababi ham aynan shunda, uning suyana oladigan tajribasi yo`q, shuning uchun ichki sezgiga ishonadi va yutadi.</p>
<p>4.O`zinnigizni omadli ekanligingizga ishontiring! O`zini-o`zi ishontirish san`ati katta kuch. U shunday kuchki, manaman degan tabiblar ham «ixlos-xalos», degan jumlani shundan olishgan. Yo`q-yo`q, bu degani ishingiz yurishmayotgan payti «hali hammasi yaxshi bo`ladi», deb ishoni-i-i-ib, o`tiravering degani emas. Siz xayolan omadingiz chopgan o`sha kunlarga qayting, o`sha hislaringizni jonlantiring. Va xuddi issiq kunda sillasi qurigan odam odam muzday suvga talpinadiganidek maqsadingiz sari keskin talpining.</p>
<p>Ishonavering, siz hammasini uddalaysiz! Axir omadlisiz-ku?!</p>
</section>
</body>
</FictionBook>