<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Bosh aylanishi nimadan dalolat beradi?</p>
</title>
<section><p>Turgan joyida qalqib ketish, atrofdagi buyumlar o`zi bilan birga harakatlanganday, chirpirak bo`lib aylanganday bo`lishi har bir insonga tanish holat bo`lsa kerak. Chunki bosh aylanishi — tez-tez uchrashi bo`yicha bosh va beldagi og`riqdan keyingi o`rinda turadigan shikoyatlardan biri. Bu yoqimsiz holatga olib keluvchi sabablar ko`p — karuselda uchishdan tortib vestibulyar apparat ishining jiddiy buzilishi, nevrologik muammolar, kamqonlik, yurak-qon tomir kasalliklarigacha. Bosh nima sababdan aylanganini tushunish uchun bu hol sabablarini o`rganish lozim.</p>
<p>Sahifa eksperti — oliy toifali shifokor-nevropatolog Sabohat ShORASULOVA.</p>
<p>Shifokorlar ogohlantiradi!</p>
<p>Bosh aylanishi kasallik emas, 80 dan ortiq xastaliklar alomati. Va aynan shuning uchun to`g`ri tashxisni aniqlash uzoq vaqt talab qiladi. Shu bois bunga bee`tibor bo`lish yaramaydi.</p>
<p>Bilib qo`ygan yaxshi!</p>
<p>Bosh aylanishi ko`rinishlari kelib chiqishi va sabablariga ko`ra farqlanadi. Mutaxassislar bosh aylanishini 2 asosiy turga ajratadi: sistemali (yoki vestibulyar) hamda haqiqiy, vestibulyar tizim shikastlanishiga bog`liq bo`lmagan bosh aylanishi.</p>
<p>Ko`ngil aynishi, qayt qilish, terlash, muvozanatni yo`qotish — bu belgilarning barchasi vestibulyar bosh aylanishiga xos. Bunday vaziyat sabablarini otonevrolog bilan aniqlash lozim. Nevrolog va terapevt aralashuvi ham talab qilinishi mumkin.</p>
<p>Sistemali bosh aylanishi shaqiqa (migren) xuruji vaqtida, qon bosimi bilan bog`liq muammolar, umurtqa pog`onasining bo`yin qismi osteoxondrozi va boshdan kechirilgan bosh suyagi va miya jarohatlari tufayli yuzaga kelishi mumkin.</p>
<p>Mener kasalligi bilan bog`liq bosh og`rig`i ham sistemali bosh aylanishi sirasiga kiradi. Bu xastalikda ichki quloq zararlanadi. Odatda bunday bosh aylanishi xurujlari quloqlarda shovqin va keyinchalik karlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin. ¡zinda bunday belgilarni sezganda LOR-shifokor tekshiruvidan o`tishi lozim.­</p>
<p>To`g`ri tashxis qo`yish o`zingizga ham bog`liq!</p>
<p>Agar haqiqiy bosh aylanishi buyumlarning ikkita ko`rinishi, talaffuz yoki oyoq-qo`llar harakati buzilishi bilan kechsa, bu o`rinda gap bosh miya naychasi funksiyasi buzilishi haqida borishi mumkin. Bu holda nevrolog maslahati zarur bo`ladi. Ayni shu o`rinda bemor uchun muhim vazifa: shifokorga ahvolini maksimal darajada aniq tasvirlab berishi kerak. Bu to`g`ri tashxis qo`yish va samarali davolash imkonini beradi.</p>
<p>Ko`z oldi qorong`ilashsa…</p>
<p>Ba`zida bosh aylanishini ko`z oldi qorong`ilashishi, hushdan ketadigandek his etish bilan bog`lashadi. Agar bemor aylanishdan boshqa har qanday holatni tasvirlasa, bu na sistemali, na vestibulyar bosh aylanishi. Bosh aylanishining bu ko`rinishini turfa sabablar yuzaga keltiradi: homiladorlikdan tortib hissiy zo`riqish keltirib chiqargan stressgacha. Shuningdek, bu tomirlarga oida, endokrin, qon kasalliklari, turli nevrologik buzilishlar — Parkinson kasalligi, skleroz, insult. Shu bois tashxisni belgilash uchun turlimutaxassislikdagi shifokorlarni jalb qilish kerak bo`ladi.</p>
<p>Asablarni tekshirtiring!</p>
<p>Sistemali bo`lmagan bosh aylanishlari orasida psixogen yoki nevrotik bosh aylanishi birinchi o`rinda turadi. Bunda asabiylashgach, birdan bosh aylana boshlaydi. Shunday ekan, yuqorida tilga olingan belgilar kuzatilsa, bo`lar-bo`lmasga xavotirlanaversangiz, asabiylashsangiz, kutilmagandagi og`riq, tomoqda nimadir tiqilib qolganlik hissini sezsangiz, nevrologdan tashqari psixoterapevt maslahatini ham olish va asablarni tekshirtirish lozim.</p>
<p>Eng muhim qoida</p>
<p>Eng muhimi — bosh aylanishi sababini topish. Bu esa kasallikni davolash imkonini beradi. Kimda bosh aylanishi takrorlansa, davriy yoki doimiy xarakterga ega bo`lsa, albatta shifokorga murojaat qilib, to`liq tekshiruvlardan o`tish lozim. Shundagina muolajalar samara beradi.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>