<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Kayfiyatni ko'taruvchi mashg'ulotlar Albatta qo'llab ko'ring bu foydali</p>
</title>
<section><p>1. Harakatda bo`ling</p>
<p>Charchoq va og`riq bilan kurashishda jismoniy mashqlarga teng keladigan yo`q. Axar tanamiz faollashgani sari organizm endorfin — “baxt gormoni”, adrenolin, serotonin va dofamin kabi gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi.</p>
<p>2. Qalampir bilan do`st tutuning</p>
<p>Agar taomingizga qalampir qo`shib tanovul qilsangiz taxminan 20 daqiqalardan keyin xursand bo`lishni boshlaysiz. Chunki, organizm endorfin moddasini faolroq ishlab chiqaradi. Shunday ekan xursand bo`lishni istasangiz, achchiq-achchiq taom eng.</p>
<p>3. Yaqinlaringizni bag`ringizga bosing</p>
<p>Quchoqlashish chog`ida tanamiz oksitosin – “mehr-muhabbat gormoni” og`ushida qoladi. Shuning uchun kimnidir bag`ringizga bosganingizda himoyalanganlik, ishonchni his etasiz. Shuningdek bu gormon stressdan xalos etadi.</p>
<p>4. Shokolad eng</p>
<p>Ha, buni aytmasak ham yaxshi bilasiz. Yodingizdan chiqmasin dedik-da.</p>
<p>5. Quyosh nurlari g`amlaringizni aritadi</p>
<p>Bulutli kunda tund kayfiyatda yurishimiz bor gap. Buni qarangki, bobo quyosh etarlicha nur sochmasligi tufayli o`sha mashhur baxt gormonlari kamroq ishlab chiqariladi. Shuning uchun mutaxassislar kayfiyat tushganida ochiq havoda, oftob nuridan bahramand bo`lib sayr qilishni tavsiya qiladilar.</p>
<p>6. Internet imkoniyatlaridan foydalaning</p>
<p>Kuzatuvlarga ishonadigan bo`lsak, internet tarmog`i orqali qiziqarli videoroliklarni tomosha qilgan kishilar 44 foizgacha e`tiborini yaxshiroq jamlarkan.</p>
<p>7. Sovg`a ulashing</p>
<p>Buning uchun bayram yoki yangi yilni kutib o`tirish shart emas. Yaqinlariga tez-tez sovg`a-salom ulashadigan insonlar o`zlarini boshqalardan ko`ra baxtliroq his etishadi. Chunki sovg`a tanlash jarayonining o`ziyoq, keyinchalik esa o`sha onlarni yodga soluvchi xotiralar ham asabiylikni engishga yordam beradi.</p>
<p>8. San`at shaydosiga aylaning</p>
<p>Inson nigohi go`zallikka, ayniqsa san`at asariga tushganda organizm qoniqish gormoni – dofomin ishlab chiqarishni faollashtiradi. Shunday ekan, gallereyalar va turli ko`rgazmalarga borishga odatlaning. Juda vaqtingiz bo`lmasa, atrofingizni, ish stolingizni, devorlarni yorqin suratlar bilan bezating.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>