<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Sochingiz to'kilyaptimi? tezroq uni oldini oling</p>
</title>
<section><p>Barcha turdagi sochlar uchun niqob. Uni tayyorlash uchun o`simlik hamda kanakunjut (kastor) moyi 1:9 nisbatda aralashtiriladi (choy qoshiqda hisoblang) va soch ildiziga surtiladi. So`ng boshga sellofan qalpoq kiyib, 1 soatdan keyin yuviladi. Sochni yuvishda quruq sochlarga mo`ljallangan shampundan foydalanish kerak. Bu usul haftada 2 marta, jami 10 marta takrorlanishi lozim.</p>
<p>Quruq sochlar uchun niqob. 1 dona tuxum, 1 choy qoshiq gliserin, 1 choy qoshiq 0,9 % li sirka, 2 osh qoshiq kanakunjut moyi aralashtirilib, soch ildizlaridan to uchigacha surtiladi. Sellofan qalpoq kiyib, ustidan issiq sochiq o`raladi. Sochiqni issiqligi ketishi bilan almashtirib turish lozim. Yarim soatdan so`ng tuxum sarig`i qo`shilgan shampun bilan yuviladi. Niqobni haftada ikki marta, jami 8 marotaba bajariladi.</p>
<p>Normal sochlar uchun namlantiruvchi niqob. Soch tolalari va ildizlarini namlantirib, ularning to`kilishiga qarshi niqobni tayyorlash juda oson. Buning uchun 37 darajagacha qizdirilgan qatiq soch tolalari va bosh terisiga surtiladi. Ustidan pergament qog`oz bilan o`rab, iliq sochiq yopiladi. 20-30 daqiqadan so`ng sochga yana qatiq surtilib, bosh terisi barmoq uchida engil massaj qilinadi. So`ngra soch iliq suvda, shampunsiz yaxshilab yuvib tashlanadi. Bu usulni oyiga 4 marta bajarishni unutmang!</p>
<p>Yog`li sochlar uchun niqob. 1 choy qoshiq asal, 1 choy qoshiq limon sharbati, 1 bo`lak ezilgan sarimsoq, 1 choy qoshiq aloe sharbati aralashtirilib, nam sochga surtiladi. Boshga polietilen qalpoq kiyib, sochiq bilan yaxshilab o`raladi. 30-40 daqiqadan so`ng sochni iliq suvda sovunsiz yuvish kerak. Sochdan sarimsoq hidini ketkazish uchun esa xantal qo`shilgan suvda yuvib, toza suv bilan chayishni unutmang.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>