<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Asalning siz bilmagan 9 ta foydali xususiyatlari</p>
</title>
<section><p>Mashhur yunon faylasufi Pifagorning aytishicha, uning uzoq umr ko`rishiga muttasil asal iste`mol qilishi sabab bo`lgan ekan. Yana bir donishmand Demokrit esa bir asrdan ortiq yashagan bo`lib, u umrboqiylik sirini muntazam asal eyish va badanini moy bilan muolaja qilishda, deb bilgan. Qadimiy Misr, Yunoniston, Bobil, Hindiston va Xitoyda bemorlarni asal yordamida davolash urf bo`lgan. Asalning sizga noma`lum bo`lgan ba`zi xususiyatlari bilan quyida tanishasiz.</p>
<p>Qazg`oqdan xalos etadi</p>
<p>Asal zamburug`ga qarshi ta`sir qila oladi. Uni shampunga qo`shib yuborsangiz yoki uni muntazam ravishda boshingiz terisiga sursangiz qazg`oq va bosh qichishishidan xalos bo`lasiz.</p>
<p>Buning uchun 1 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq suv bilan aralashtiring va ushbu aralashmani bosh terisiga 2 daqiqa davomida surtib singdiring. So`ng 2 soatga qoldiring va iliq suv bilan yuvib tashlang. Buni 2 kunda 1 marta takrorlang.</p>
<p>Terini tozalaydi</p>
<p>Uyda tayyorlangan asalli skrab terini juda yaxshi tushiradi, o`lik hujayralarni yo`q qiladi va yuz rangini ochadi.</p>
<p>Buning uchun 2 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq osh sodasi bilan aralashtiring. Terini biroz ho`llab, so`ng aylana harakatlar bilan terini ishqalang. Iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.</p>
<p>Chandiqlar bitib ketishida yordam beradi</p>
<p>Asal yaradan qolgan izlarni tuzatadi va teri rangini tiniqlashtiradi.</p>
<p>Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq kokos yoki zaytun yog`i bilan aralashtiring hamda muammoli joyni aylana harakatlar bilan barmoqlaringiz uchi yordamida 1—2 daqiqa davomida massaj qiling. Ustidan issiq sochiqni yopib qo`ying va sovigunicha qoldiring. Har kuni takrorlang.</p>
<p>Husnbuzarlarni davolaydi</p>
<p>Asal tarkibidagi bakteriyalarni o`ldiruvchi va namlantiruvchi komponentlar husnbuzarlarni davolaydi, shamollashga qarshi birikmalar esa qichishish va qizarishlarga barham beradi.</p>
<p>Buning uchun asalni muammoli joylarga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang.</p>
<p>Terini namlantiradi</p>
<p>Asal tabiat in`om etgan ajoyib namlantiruvchi vositadir. U teriga namlik va havo kirishini kuchaytiradi.</p>
<p>Buning uchun 1 choy qoshiq asalni yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so`ng iliq suv bilan yuvib tashlang.</p>
<p>Kutikulani yumshatishga yordam beradi</p>
<p>Asaldagi ozuqaviy moddalar va fermentlar tirnoq atrofidagi yorilgan, qurib ketgan terini yumshatadi.</p>
<p>Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq tabiiy olma sirkasi va kokos yog`i bilan aralashtiring. Kutikulaga har kuni suring va 10 daqiqaga qoldiring, so`ng yuvib tashlang.</p>
<p>Kuygan joylarni davolaydi</p>
<p>U nafaqat to`qimalar qayta bitib ketishini tezlashtiradi, balki bakteriyalarni o`ldirish orqali infeksiya yuzaga kelishi oldini oladi.</p>
<p>Buning uchun tananing kuygan qismiga yupqa qilib asal suring, u singib ketgach, yana takrorlang.</p>
<p>Allergiyani davolaydi</p>
<p>Asal tarkibida kam miqdorda mavjud bo`lgan gul changi immunitetni kuchaytirib, allergik reaksiyani kamaytiradi. Biroq bunda o`zingiz yashaydigan hududda yig`ilgan asaldan foydalaning.</p>
<p>Buning uchun har kuni 2—3 choy qoshiq asal eb turing.</p>
<p>Yo`talni davolab, tomoqni yumshatadi</p>
<p>Asalning bakteriyalarni o`ldiruvchi, issiqlikni tushiruvchi va shamollashga qarshi xususiyatlari shamollashning ilk belgilari namoyon bo`lganidayoq qo`l keladi.</p>
<p>Buning uchun 1—2 osh qoshiq asalni bitta limon suvi bilan aralashtiring va ichib yuboring, bunda suyuqlikni og`izda biroz vaqt ushlab turing.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>