<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Kasod (Bankrot) bo'lmaslikning oddiygina qoidalari</p>
</title>
<section><p>Germaniyalik Bodo Shefer 16 yoshida tug‘ilgan shahri Kelndan bir dunyo orzu-umidlar bilan AQShga, Kaliforniyaga jo‘nadi. Bir o‘zi, na mablag‘, na ma’lumoti bor, boz ustiga inglizchani ham tuzukroq tushunmasdi.</p>
<p>Begona mamlakatda o‘z o‘rnini topish uchun urindi-chirandi, ammo oradan 10 yil o‘tib yo‘l qo‘ygan xatolari oqibatida ishi orqaga ketib, 75 ming dollar qarz bo‘lib qoldi.</p>
<p>Salkam 3 yilda amerikalik murabbiyi yordamida Shefer hayotida ilk bor 100 ming dollar ishlab topdi. Shundan so‘ng mablag‘ini ko‘paytirib, millionga yetkazdi va o‘zi ham biznes sohasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qodir ajoyib maslahatchiga aylandi. Sheferning badavlat bo‘lish va kasodga uchramaslik borasidagi 7 qoidasi qo‘yidagilardan iborat.</p>
<p>1.Daromadingizdan 25% va sof foydadan 50 % ni alohida yig‘ib boring.</p>
<p>To‘plagan mablag‘ingizni kelajagi bor ishlarga tikishga harakat qiling. Bankdagi mablag‘ingiz sizga daromad keltirmaydi, pul qadrsizlanishidan saqlaydi, xolos.</p>
<p>1.Iqtisod qiling.</p>
<p>Tejash va mablag‘ tikish orqali bir necha yil davomida milionerga aylanish mumkin. Hoyu-havaslarga berilish sizni hech qachon badavlat qilolmaydi.</p>
<p>3.Pullarni yaxshi ko‘ring.</p>
<p>Pullarimizga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish omadsizligimiz omillaridan biri. Ularni asrang. “Hayot lazzatlaridan bebahra bo‘lish kerak”, deb aytayotganimiz yo‘q, bor-yo‘g‘i har narsada ham me’yor kerakligini eslatmoqchimiz.</p>
<p>1.7-10 yilga mo‘ljallangan moliyaviy rejangizni tuzing.</p>
<p>Nimaga intilayotganingiz, bir, uch, besh yildan keyin qancha ishlab topmoqchi ekanligingiz va buning uchun nimalarni amalga oshirishingiz lozimligini aniq belgilab oling.</p>
<p>1.Orzularingiz mayda bo‘lmasin, keng fikrlang.</p>
<p>Millionlar, kerak bo‘lsa, milliardlar va ulkan muvafaqiyat haqida orzu qiling. Katta orzuni kichik maqsadlarga bo‘ling va qadam-baqadam ularga erishib boring.</p>
<p>1.Fikrlashingiz milliarder yoki millionerlarniki kabi bo‘lsin.</p>
<p>Badavlat kishilar kabi fikrlashga, mushohada yuritishga harakat qiling.</p>
<p>1.O’zingizga ishoning.</p>
<p>Odamlar va pullarni o‘ziga ishongan kishilar jalb etadi. Hatto ishlaringiz yurishmayotganda ham o‘zingiz va muvaffaqiyatingizga ishonchingizni yo‘qotmang (26 yoshimda kasodga uchrab, bor-budimdan ajralganman, ammo hayot zarbalaridan esankiramay, oyoqqa turish va millionerga aylanishga o‘zimda kuch topa oldim).</p>
<p>Omadingizni bersin!</p>
</section>
</body>
</FictionBook>