<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Ko'rish qobiliyatingiz pasayib ketsa</p>
</title>
<section><p>Chernika</p>
<p>Bu o`rmon mevasi ko`zni ravshan qilishda eng yaxshi vosita sanaladi. Chernika ko`z to`r pardasida qon aylanashini yaxshilaydi, ko`zdagi zo`riqishni engillashtirib, ko`rquv nervidagi siqilish (spazm)ni bartaraf etadi. Chernika mevasining quritilganini dorixonalardan topsa bo`ladi. So`ng yo`riqnomasiga qarab, tayyorlaysiz.</p>
<p>Sabzi</p>
<p>Blefarit, kon`yuktivit, yaqinni xira ko`rish, shuningdek, ko`zdagi og`riqlarda sabzi va uning sharbati g`oyat foydali. Ushbu poliz ekini ko`z faoliyatining yoshga doir xastaliklarida profilaktika vazifasini o`taydi. Shifo bo`lishi uchun salatga qo`shib iste`mol qilish yoki sharbatini ichish lozim.</p>
<p>Barra ko`katlar</p>
<p>Petrushka, shivit, selderey, ko`k piyozni deyarli barcha taomlarga qo`shib iste`mol qilish kerak. Tarkibidagi vitamin va minerallar ko`rish qobiliyatining xiralashuvidan asraydi.</p>
<p>Asal va achchiq choy</p>
<p>Ko`zdagi qichishishlarda achchiq damlangan qora choy bilan tozalab olish tavsiya etilishini bilasiz. Yangi damlangan qora (achchiqroq bo`lsin) choyga ta`bga ko`ra asal aralashtirib, uyqudan oldin ichib yotish ko`zdagi toliqishni engillashtiradi.</p>
<p>Aloe sharbati</p>
<p>1-2 tomchi aloe sharbatini teng miqdorda suv bilan aralashtirib, ko`zni chayishda qo`llasa bo`ladi. Bunda steril paxtadan foydalanishni unutmang.</p>
<p>Qirqbo`g`in</p>
<p>Ko`z uchishida qirqbo`g`indan tayyorlangan qaynatma bilan ko`zni artib turish foyda beradi, deyishadi. 1 osh qoshiq qirqbo`g`inni 1 stakan suvga aralashtirib, 30 daqiqa o`rta olovda qaynatib oling. So`ng dokadan o`tkazib, ko`zni chayishda foydalanasiz.</p>
<p>Boyarishnik</p>
<p>Yaqinni xira ko`rishda boyarishnikdan tayyorlangan damlama yordam beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq boyarishnikning quritilgan mevasini 1 stakan qaynagan suvga damlang. So`ng asal bilan aralashtiring. Aralashmani uchga bo`lib, bir kunda 3 mahal qabul qilasiz.</p>
<p>Na`matak mevasi</p>
<p>Ko`rish qobiliyatini tiklashda na`matak mevasidan tayyorlangan damlama juda foydali. Na`matakni har kuni suyuqlik o`rnida ichsa ham bo`ladi</p>
</section>
</body>
</FictionBook>