<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Egizak farzand ko'rishni istayman</p>
</title>
<section><p>Qo`shaloq baxtga erishishning 9 usuli</p>
<p>Egizaklar tug`ilishi qadimdan oila uchun o`zgacha zavq olib keluvchi holat bo`lgan. Tabiiyki, har zamonlarda odamlar buning usullari bilan qiziqishgan. Quyida biz ham aynan shu masalaga oid ma`lumotlar bilan o`rtoqlashmoqchimiz. Bu haqda shifokor-ginekolog Muyassar NAZIROVA ma`lumot beradi.</p>
<p>FAQAT 35 YoShDAN KEYIN...</p>
<p>Egizak farzandlar haqidagi istakni 35 yoshdan keyin ham amalga oshirish mumkin. Aniqlanishicha, aynan shu yoshdan keyin ayolda estrogen gormoni ko`payib, egizak farzand ko`rish ehtimoli boshqalarga qaraganda yuqori bo`ladi.</p>
<p>TAShQI KO`RINIShGA QARAB...</p>
<p>Qorachadan kelgan, «sharqona» ko`rinishga ega bo`lgan xonimlarda egizaklarni dunyoga keltirish ehtimoli ancha yuqori bo`ladi. Bu borada erkakning tashqi ko`rinishini ham ahamiyatga ega. Agar turmush o`rtog`ingiz qalinqosh, jingalaksoch va qirraburun bo`lsa oilangizda egizaklar tug`ilishi mumkin.</p>
<p>EKU USULI YoRDAMIDA</p>
<p>Ma`lumki, ushbu usul tezroq natija berishi uchun shifokorlar bir necha urug`lantirilgan tuxumhujayrani ona tuxumdoniga joylashadi. Qarabsizki, farzandingiz bir emas, ikkita, boringki, uchtaga ko`payadi.</p>
<p>HOMILADORLIKDAN SAQLOVChI VOSITALAR TA`SIRI</p>
<p>Homilador bo`lishdan oldin bir g`alati ish qiling: albatta shifokor nazorati va tavsiyasi ostida olti oy davomida homiladorlikning oldini oluvchi dori vositasidan foydalaning. Natijada, ma`lum vaqt «dam olgan» tuxumdonlar, birdaniga ikkita tuxumhujayra ishlab chiqaradi. Tarkibida gormonlar ishini tezlashtiruvchi moddalar borligi tufayli esa, tuxumdonlarning ikki kara tezroq va samaraliroq ishlashga undaydi.</p>
<p>SEMIRIShGA HARAKAT QILING</p>
<p>Kanadalik olimlarning ma`lum qilishicha, egizak farzandlar ozg`inlarga qaraganda tana vazni me`yoridan ozroq baland bo`lgan ayollarda ko`proq tug`iladi. Buni inobatga oling-da, oqsilga boy mahsulotlar yordamida biroz semiring.</p>
<p>TAOMNOMANI O`ZGARTIRING</p>
<p>Homilador bo`lishdan ikki oy avval har kuni tuxumdonlar faoliyatini kuchaytiruvchi, baravariga ikkita tuxumhujayra etilishiga olib keladigan oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish kerak. Ular sirasiga: bedana, o`rdak va tovuq tuxumi, yong`oq, shivit, o`stirilgan bug`doy, tovuq va kurka go`shti, baliq, pishloq, sut, tvorog, qatiq, mevalardan – mango, ananas, shaftoli, o`rik, uzum, nok kiradi. Ularni imkon qadar ko`proq iste`mol qiling.</p>
<p>Bilasizmi:</p>
<p>Banan, arab xurmosi, qora shokolad va dukkaklilarni ko`p tanovul qilinsa, o`g`il egizaklar ko`rish ehtimoli yuqori bo`ladi.</p>
<p>Darvoqe, yaqinlik ovulyasiya davriga to`g`ri kelsa, o`g`il farzand ko`rishingiz osonroq kechadi.</p>
<p>Qiz egizaklarni istovchilar taomnomasida shirinliklar, asal, xushbo`y giyohlar, murabbo ko`proq bo`lgani ma`qul. Shuningdek, sho`r va achchiq narsalardan o`zingizni tiyishga harakat qiling.</p>
<p>KIMNING QONI YoShROQ?</p>
<p>Qoningiz qancha almashgan bo`lsa shuncha yaxshi. Ayolning qoni har uch yilda, erkaklarniki har to`rt yilda almashinishi tasdiqlangan. Ayol so`nggi operasiya, abort, tug`ruqlardan keyingi vaqtni ham hisobga olishi kerak.Kimning qoni «yoshroq» bo`lsa, sizda ham xuddi shu jinsdagi farzand tug`iladi.</p>
<p>YaQINLIK HAQIDA</p>
<p>Homiladorlik yilning issiq pallasi, ayniqsa yozda vujudga kelgani ma`qul. Yozda ayol organizmi kerakli vitaminlarni ko`p miqdorda oladi, va aynan pishiqchilik payti gormonlar bilan organizm to`yingan bo`ladi.</p>
<p>SEKSOPATOLOG BILAN MASLAHATLAShING</p>
<p>Yaqinlik paytida qinga erlik urug`i chuqurroq kirishiga olib keladigan holatlardan foydalanish kerak. Bu haqda shifokor-seksopatologdan tegishli tavsiyalar olasiz.</p>
</section>
</body>
</FictionBook>