<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>Имя автора</first-name>
<last-name>Фамилия автора</last-name>
</author>
<book-title>Имя книги</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Дата</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Qisqa sevgining uzun tarixi.</p>
</title>
<section><p>Men bu saytga anchadan buyon kiraman. </p>
<p>Ko'plab hikoyalar yozdim, lekin hammasi o'ylab topilgan yoki ko'chirma edi. </p>
<p>Hozir sizlarga taqdim etmoqchi bo'lgan hikoyam hayotiydir. Ya'ni bu voqea mening hayotimda sodir bo'lgan. Diqqat faqat ismlar o'zgartirilgan boshqa hamma narsa reallikka asoslanadi. Xullas boshladim. </p>
<p>Litseyni bitirgach men ham hamma qatori universitetga topshirdim. Psixologiyaga qiziqqanim uchun shu yo'nalishga topshirirdim va qabul qilindim. Ammo universitetda 2 yil o'qidim xolos.</p>
<p>3-kursdan o'qishga bora olmadim.</p>
<p>Chunki men allaqachon kichik emas katta emas bir biznesni boshlab yuborgan edim.</p>
<p>Bu ish sayohat agentligi edi.</p>
<p>Rus tilini yaxshi bilganim uchun boshida faqat rusizabon davlatlarga sayohat yo'nalishidan boshladim. Chunki oyoqqa turib olguncha rahbar ham ish yurituvchi ham bazida git ham o'zim edim. </p>
<p>Omadim kelib6 oyda yaxshi daromadga kirdim va ishimni rivojlantirish uchun mablag sarfladim. Arenda turgan ofisni topshirib xususiy sotib oldim.</p>
<p>Birin ketin ishchilar va zarur bo'lgan narsalarni yig'a boshladim.</p>
<p>Ishni boshlaganimga 1 yil to'lgan kun menda O'zbekiston bo'ylab sayohat uchun 4 ta avtobus, 4 ta mikro avtobus, kattakon ofis 28 ta ishchi xodim va Chet elda 3 ta davlatda travel hamkor bor edi.</p>
<p>Linsenziyamga yevropa davlatlarini qo'shish uchun men hamma talabga javob beradigan darajaga keldim. Buning uchun biror bir davlatdan homiy kerak edi.</p>
<p>Men internet orqali Britaniyadagi bir kompaniya bilan aloqa qilib turar edim. Ingliz tilini yaxshi bilmaganligim uchun mening eng yaxshi tarjimonim Google Translate edi.</p>
<p>Men ularga barchasini tushuntirdim. Hamkor bi'lishni taklif qildim. </p>
<p>Ular esa meni Londonga borib muzokara o'tkazishim kerakligini aytishdi. </p>
<p>Bunga hamma sharoit bor edi. Lekin men ingliz tilini bilmas edim. Xodimlarning deyarli 15 tasi bilar ammo hammasini rejadagi sayohatlari bor edi.</p>
<p>Nima qilishga bosh qotdi.</p>
<p>Oxiri universitetimning xorijiy tillar fakultetidan yordam so'rashga majbur bo'ldim.</p>
<p>Universitetga borib rektorga hammasini tushuntirib iltimos qildim. Eng yaxshi talabasini atigi 10 kunga berishini so'radim. </p>
<p>Rektor rozi bo'lib xorijiy tillar fakultetini eng alochi 4 qizini qarshimga terib qo'ydi.</p>
<p>Men ularga vaziyatni tushuntirdim. Tarjimon bo'lib Londonga 10 kunga borib kelish kerakligi va buning barcha xarajatlarini o'zim qoplashimni va yana qaytgach 500$ berishimni aytdim. </p>
<p>Qizlarning biri abjirroq ekan darrov men boraman deb javob berdi. </p>
<p>Xa mayli unda ota onangizdan so'rab keyin aniq javobni aytib yuborasiz deb unga raqamimni berdim.</p>
<p>Ertasi kuni ertalab qo'ng'iroq qilib men bilan borishga tayyorligini aytdi. Men juda hursand bo'lib ketdim. Chunki endi men Londondagi muzokaraga tayyor edim.</p>
<p>O'sha kuni kechqurun biz samolyotga o'tirdik. O'shanda men psixologiyada 3-kurs, qiz esa xorijiy tillarda 4 - kurs edi. Yani mendan 1 yosh katta edi.</p>
<p>Davomi bor</p>
</section>
</body>
</FictionBook>